Telefon raqamimni qanday o'zgartirishim mumkin?

2024-07-26

Agar Paysend hisobingizdagi telefon raqamini o'zgartirishingiz kerak bo'lsa, hisob turiga qarab, buni o'zingiz bir necha qadamda amalga oshirishingiz mumkin.

Paysend ilovasida telefon raqamingizni o'zgartirish:

  1. Paysend ilovasini oching.
  2. O'ng yuqori burchakdagi ‘Profil’ ikonkasini bosing.
  3. ‘Shaxsiy ma'lumotlar’ bo‘limiga o'ting.
  4. O'ng yuqori burchakdagi ruchka (qalam) ikonkasini bosing.
  5. Yangi telefon raqamingizni kiriting.
  6. SMS orqali yuborilgan kodni kiritib o'zgarishni tasdiqlang.

Veb-saytda telefon raqamingizni o'zgartirish:

  1. Paysend hisobingizga kiring.
  2. ‘Profil’ bo‘limiga o'ting.
  3. ‘Shaxsiy ma'lumotlar’ tugmasini bosing.
  4. Joriy telefon raqamingiz yonidagi ruchka (qalam) ikonkasini bosing.
  5. Yangi telefon raqamingizni kiriting.
  6. SMS tasdiqlash kodi yordamida tasdiqlang.

Muhim ma'lumotlar

Yangi raqamingiz quyidagilarga javob berishi kerak:

  • eski raqamingiz bilan bir xil mamlakatga tegishli bo‘lishi
  • boshqa Paysend hisobiga bog'lanmagan bo‘lishi

Har bir telefon raqami faqat bitta Paysend hisobiga bog‘lanishi mumkin.

Agar sizda Paysend kartasi yoki ko‘p valyutali hisob bo‘lsa

Xavfsizlik sababli, Paysend kartasi yoki ko‘p valyutali hisobga ega hisoblarda telefon raqamini qo‘lda o‘zgartirish mumkin emas. Iltimos, ilova ichidagi chat yoki [email protected] elektron manzili orqali Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘laning, va biz sizga yordam berishga tayyormiz.