Paysend boʻyicha asosiy yoʻriqnomangiz: toʻlovlar, bonuslar va tez-tez soʻraladigan savollar

2024-12-08
All articles
Money Transfer Guides
Personal Finance Tips
O‘qish vaqti: 4 daqiqa
Your essential guide to Paysend: fees, bonuses and FAQs

Paysend tajribangizni imkon qadar silliq va sodda boʻlishini xohlaydi. Har qanday savollarga javob berish yoki noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida, biz xizmatlarimiz, toʻlovlarimiz va xavfsizligimiz haqida eng koʻp uchraydigan savollarni toʻpladik. Paysendga yangi yoki professional boʻlishingizdan qat'iy nazar, ushbu tez-tez soʻraladigan savollar sizga pul oʻtkazmalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi.

Narxlar va ayirboshlash kurslari: qaysi ayni muddao?

Paysend orqali xalqaro miqyosda pul joʻnatganingizda, bizning to‘lovlarimiz oddiy va oldindan koʻrinishini bilishdan tabiiyki, xursand boʻlasiz. Quyida qisqacha ma'lumot:

  • Biz har bir oʻtkazma uchun oldindan belgilangan toʻlovni olamiz. Bu “tasdiqlash va jo‘natish” tugmasini bosishdan oldin, xarajatlarni bilib olishni osonlashtiradi. Diqqat qiling, ba'zi tranzit davlatlar va ayrim mamlakatlarda, joʻnatishingiz miqdoriga qarab, oʻzgaruvchan toʻlov miqdori mavjud. 
  • Paysend qoʻshimcha toʻlov miqdorini past ushlab turadi – koʻpincha har bir oʻtkazma uchun 1,99 $ yoki 1 £ ni tashkil qiladi, lekin bu, pul oʻtkazish usuli (masalan, bank hisobi yoki karta oʻtkazmasi) va yuborish manzilga bogʻliq.
  • Valyuta kursi qabul qiluvchingiz siz yuborgan miqdor uchun qancha xorijiy valyuta olishini belgilaydi. Misol uchun, agar siz AQSH dollarini EUR koʻrinishida yuborayotgan boʻlsangiz, almashuv kursi qabul qiluvchi har bir dollar uchun qancha yevro olishini koʻrsatadi.
  • Paysend orqali mavlagʻ yuborishda, valyuta kursi bloklanadi, shuning uchun kutilmagan hodisalar sodir boʻlmaydi. Qabul qiluvchiga siz koʻrgan miqdor yetkaziladi!

Yashirin qoʻshimcha toʻlovlar mavjud emas – oʻtkazishni tasdiqlashdan oldin bilishingiz kerak boʻlgan barcha ma'lumotlar ilovada koʻrsatiladi.

Bizdagi toʻlovlar va valyuta kurslarimiz haqida koʻproq bilishni istaysizmi? Valyuta kurslariga oid sahifamizga qarang.

Birinchi oʻtkazmani qanday amalga oshirish kerak?

Agar siz Paysend tarmogʻida yangi boʻlsangiz, birinchi pul oʻtkazmangizni yuborish osongina:

  1. Hisob oching: mobil raqamingiz va elektron pochtangiz orqali roʻyxatdan oʻting.
  2. Qabul qiluvchi mamlakatni tanlang: 170 dan ortiq mamlakatlarga pul yuborishingiz mumkin!
  3. Pul oʻtkazish usulini tanlang: mamlakatdan kelib chiqib, siz bank hisobiga, kartaga, mobil hamyonga yoki naqd pul yuborishingiz mumkin.
  4. Qabul qiluvchi ma'lumotlarini kiriting: maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qiling.
  5. Oʻtkazma uchun toʻlov usulini tanlang: qaysi davlatdan yuborishingizga qarab, bank hisobi yoki kartani tanlang.
  6. O‘tkazmani tasdiqlang: hammasini ikki marta tekshiring, so‘ng “Tasdiqlash va yuborish” tugmasini bosing.

 

Pul oʻtkazmasini qanday amalga oshirish mumkin

 

Paysend xavfsizmi va pul oʻtkazuvchi kompaniyalar xavfsizmi?

Shubhasiz! Biz xavfsizlikka jiddiy qaraymiz. Pul o'tkazuvchi kompaniyalar xavfsizmi? Paysend bilan, ular shubhasiz ha. Sizni qanday himoya qilishimizga qarang:

  • "PCI DSS" muvofiqligi: Biz toʻlov kartasi maʼlumotlarini qayta ishlash va himoya qilish borasida global standartlarga javob beramiz.
  • Ikki faktorli kirish (2FA): Hisobingizni xavfsiz saqlash uchun qoʻshimcha xavfsizlik qatlamini qoʻshadi.
  • Firibgarlikning oldini olish choralari: Pulingiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida, har bir oʻtkazmani kuzatib boramiz.

Paysend sizga kerakli himoyani taklif qiladi. Sizni qanday himoya qilishimiz haqida koʻproq bilishni xohlaysizmi? Barcha xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan blogimizga boqing.

Paysend hisobidagi qoldiqni qanday tekshirish mumkin

Paysend ilovasida balansingizni tekshirish oson va tez:

  1. Tizimga kiring: Ilovani oching yoki veb-sayt orqali tizimga kiring.
  2. Hisoblar” boʻlimiga oʻting: Bu yerda hisobingizga bogʻlangan barcha valyutalarda mavjud qoldiqlaringizni koʻra olasiz.
  3. Oxirgi oʻtkazmalaringizni koʻrib chiqing: oʻtkazmalar tarixini koʻring va oʻtkazilgan oʻtkazmalar tafsilotlarini tekshiring.

Bayonotga hojatingiz bormi? Uni toʻgʻridan-toʻgʻri ilovadan “Hisob faoliyati” sahifasi ichidagi “Bayonot olish” boʻlimiga oʻtib, yuklab olishingiz mumkin.

Paysend balansini qanday toʻldirish mumkin

Paysend balansiga pul qoʻshish juda oson:

  1. “Hisoblar” boʻlimiga kiring.
  2. Valyutani tanlang.
  3. “Pul qoʻshish” tugmasini bosing va koʻrsatmalarga amal qiling.

Toʻlovni debet/kredit kartalari, "Apple Pay", "Google Pay" yoki ba'zi hududlarda, "Trustly" yoki boshqa mahalliy usullar orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Paysend bonus dasturi va taklif bonuslari: Ular qanday ishlaydi?

Mukofot olishni xohlaysizmi? Paysend bonus va taklif dasturlari qoʻyidagicha ishlaydi:

"Bonus dasturi" orqali taklif qiling:

  • Doʻstlaringizni Paysendga qoʻshilishga taklif qiling, bunda: "Taklif kodi" yoki "havola"ni ulashing.
  • Bonuslarni qoʻlga kiriting: Doʻstingiz har pul o'tkazmasini amalga oshirganda, siz mukofot olasiz! Birinchi yilda doʻstlaringiz tomonidan amalga oshirilgan 12 tagacha oʻtkazma uchun siz 1£, 1,50€ yoki 2$ (mintaqaga qarab) ishlab olishingiz mumkin.
  • Bonuslaringizdan foydalaning: Bonuslar toʻgʻridan-toʻgʻri Paysend hisobingizga tushadi va kelajakdagi pul oʻtkazmalarngiz uchun ishlatilishi mumkin.

"Promo-kod"lardan foydalanish:

  • Shuningdek, siz "promo-kod"lar yordamida bepul pul oʻtkazmalari, yaxshi valyuta kurslari yoki qoʻshimcha bonuslardan bahramand boʻlishingiz mumkin. Oʻtkazish jarayonida kodni kiriting va imtiyozlardan bahramand boʻling! Batafsil ma'lumot uchun, "Taklif va promo kodlar" sahifamizga qarang.

Fikr-mulohaza qoldirishni istaysizmi?

Biz sizdan xabar olishdan mamnun boʻlamiz! Iltimos, quyidagi platformalardan birortasi haqida bizga sharh qoldiring:

Fikringiz Paysendni yanada yaxshilashimizga yordam beradi!

Paysend qoʻllab-quvvatlash jamoasi bilan qanday bogʻlanishim mumkin?

Yordam kerakmi? Biz sizni 24/7 soat davomida qoʻllab-quvvatlaymiz. Siz qoʻllab-quvvatlash jamoamiz bilan quyidagi orqali bogʻlanishingiz mumkin:

  • Onlayn chat: ilova yoki veb-saytdagi hisobingiz orqali foydalanish mumkin.
  • Email: [email protected] manziliga xabar yuboring, biz sizga imkon qadar tez javob beramiz.

Batafsil ma'lumot olishni xohlaysizmi?

Agar boshqa savollaringiz boʻlsa, bizning keng qamrovli tez-tez soʻraladigan savollar sahifamizga tashrif buyuring, bu yerda biz hisobingizni boshqarishdan tortib, Paysend bonusingizni yechib olishgacha boʻlgan barcha ma'lumotlarni qamrab olamiz.

Yuborishni boshlashga tayyormisiz?

Paysend ilovasini “App Store” (iOS), “Google Play ”(Android)  yoki, “App Gallery” (Huawei) dan yuklab oling. Veb-brauzerda oʻqiyapsizmi? Boshlash uchun bosh sahifamizga tashrif buyuring!

 

PAYSEND ORQALI YUBORING

Eng soʻnggi xabarlar

How to Transfer Money to Cambodia from Europe and the UK
2026-01-23
How to Transfer Money to Cambodia from Europe and the UK

Sending money to Cambodia from Europe or the UK should be simple, fast and transparent. Whether you’re supporting family, paying for services, or managing expenses abroad, choosing the right delivery method makes all the difference.

With Paysend, customers across the EU and the UK can send money to Cambodia securely and conveniently using a range of delivery options designed to suit different needs. In this guide, we’ll explain all available delivery methods, with a special focus on bank transfers and Wing Bank, a trusted financial institution that makes receiving money convenient and accessible for families across Cambodia.

All articles
Money Transfer Guides
December Giveaway Winners Announced
2026-01-22
🎉 Dekabr Oʻyinlariga Gʻoliblar Eʼlon Qilindi

Bayramlar tugagan boʻlishi mumkin, lekin nishonlash davom etmoqda – endi biz Dekabr Oʻyinlarida mukofotlarni hisoblab chiqdik. Paysend'da oʻyinlar faqat gʻalaba qozonish haqida emas, balki har bir joʻnatma ortidagi haqiqiy odamlarni tan olish va pul yuborish muhim boʻlgan sabablarni tushunish haqida.

Bizning dekabr gʻoliblarimizdan biri buni biz bilan boʻlishdi:

“Men hozir Chexiya Respublikasidaman va Paysend orqali Ukraynada yashovchi ota-onamga hozirgi sharoitlarda pul yuborishim mumkin.”

Bu kabi hikoyalar Paysend qanday kerakligini bizga eslatadi. Har bir o‘tkazma orqasida chegaralar ortida oilasini qo‘llab-quvatlayotgan kishi turadi, odatda og‘ir davrlar davomida. Pulni oson, xavfsiz va keraksiz to'lovlarsiz yuborish imkoniyati haqiqiy farq yaratishi mumkin.

All articles