O‘tkazmamni qanday kuzatishim mumkin?

2024-07-26

95% dan ortiq o‘tkazmalar ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida yakunlanadi. Agar o‘tkazmangiz qaysi bosqichda ekanini va bu nimani anglatishini bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagilarni bajaring.

O‘tkazma holatini qanday tekshirish mumkin:

  1. Paysend hisobingizga kiring.
  2. O‘tkazmani tanlang.
  3. ‘Holat tafsilotlarini koʻrish’ tugmasini bosing.

O‘tkazma holatlari izohi:

  • O‘tkazma yaratildi: O‘tkazmangiz bizning tizimimizda yaratildi.
  • To'lovni qayta ishlash: To‘lovingizni qabul qilishimizni kutyapmiz.
  • Toʻlov qabul qilindi: To‘lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi va pul yubmoqda.
  • Pul o'tkazish: Mablag‘larni qabul qiluvchiga yuborishni boshladik.
  • O‘tkazma yakunlandi: Qabul qiluvchining banki mablag‘lar depozit qilinganini tasdiqladi (ba’zi banklarda pul hisobga tushishi uchun 3 ish kunigacha vaqt olishi mumkin).
  • Muvaffaqiyatsiz yoki Bekor qilindi yoki Amal qilish muddati tugagan: O‘tkazma jarayonida nimadir to‘xtadi. Havotir olmang, mablag‘ingiz avtomatik tarzda sizga qaytariladi. Qaytarish odatda 3 ish kunigacha davom etadi.