Tizimga kirish/ro'yxatdan o'tish uchun SMS kelmayapti. Bu holatda nima qilish kerak?
SMS orqali xavfsizlik kodini olishda muammoga duch kelsangiz, sizga quyidagi qadamlar yordam berishi mumkin:
Mobil tarmog'ingizni tekshiring
Mobil tarmog'ingizda xabarlarni qabul qilishingizga to'sqinlik qiladigan muammolar yo'qligiga ishonch hosil qiling.
SMS blokirovkasi
Telefoningizda SMS blokirovkasi yoqilgan yoki yo'qligini tekshiring. Bu bizning xabarlarimizni qabul qilishingizga to'sqinlik qilishi mumkin.
VOIP raqamlaridan foydalanmang
Virtual VOIP raqamidan emas, balki oddiy mobil raqamdan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling, chunki ularga Paysend xabarlari kelmaydi.
Kod hali ham kelmadimi? Bu holda, quyidagilarni sinab ko'ring:
- Bir oz kuting. Agar kod olmagan bo'lsangiz, 45 soniya kuting va ‘Kodni qayta yuborish’ tugmasini bosib veb-sayt orqali yoki ilovada ‘Kodni olmadingizmi?’ -> ‘Kodni qayta yuborish’ tugmasini bosish orqali yangi kod so’rashga harakat qiling.
- Parvoz rejimini yoqing va o'chiring. Bu tizimni yangilaydi va tarmoqdagi kichik muammolarni bartaraf etadi. Shu bilan bir qatorda, siz mobil devaysingizni qayta ishga tushirib ko'rishingiz mumkin.
- Chet eldagi muammolar. Agar siz o'z mamlakatingizdan tashqarida sayohatda bo'lsangiz, SMS qabul qilishda uzilishlar bo'lishi mumkin. Iltimos, chet elda bo'lganingizda xabarlar olishingiz mumkin yoki yo'qligini bilish uchun mobil operatoringizga murojaat qiling. Shuni esda tutingki, sizning operatoringiz roumingda SMS qabul qilish uchun qo'shimcha haq olishi mumkin.
Qo'shimcha yordam kerakmi?
Agar siz hali ham muammoga duch kelayotgan bo'lsangiz yoki savollaringiz bo'lsa, bizning qo'llab-quvvatlash jamoamiz siz uchun yordamga tayyor. Biz bilan onlayn chat yoki [email protected] elektron pochtasi orqali bog'lanishingiz mumkin.
Maqsadimiz Paysend bilan xavfsiz va benuqson tajribani ta'minlashdir.