Mablag' manbasini qanday tasdiqlashim mumkin?
Daromadingiz manbasini tasdiqlash odatda qisqa so'rovga javob berish va daromadingiz ko'rsatilgan bank ko'chirmasini taqdim etishni talab qiladi.
Quyidagi so'rovga javoblarni tayyorlang:
- Sizning daromad turingiz qanday? Agar ish joyiga ega bo'lsangiz, siz ishlayotgan kompaniya nomini ko'rsating.
 - O'rtacha oylik daromadingiz qancha?
 - Paysendl orqali pul yuborishdan maqsadingiz nima?
 - Siz oyiga taxminan qancha miqdorda pul o'tkazishni rejalashtiryapsiz?
 
Bank ko'chirmasini tayyorlang:
So'rovga berilgan javoblarni asoslash uchun, oxirgi 3 oy uchun bank ko'chirmasini taqdim etishingiz kerak bo'ladi. Hujjat quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi lozim:
- to'liq ismingiz
 - daromad tushumlari
 - Paysend orqali amalga oshirilgan o'tkazmalar.
 
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun "Bank ko'chirmalari va boshqa verifikatsiya hujjatlari uchun sifat talablari" maqolasini ko'rib chiqing.
Ma'lumotlarni bizga yuboring:
Hamma narsa tayyor bo'lgach, so'rovga javoblaringiz va bank ko'chirmasini bizga quyidagi manzillarga yuboring:
- Limitlarni oshirish uchun: [email protected]
 - Boshqa hollarda: [email protected]
 
Elektron pochta orqali yangilanishlarni tekshirib turing:
Ma'lumotlaringizni ko'rib chiqqanimizdan so'ng, biz sizdan qo'shimcha ma'lumot so'rashimiz mumkin. Shuning uchun, elektron pochtangizni, shu jumladan "Spam" va "Promo" papkalarini ham tekshirib turing.