Shaxsiy ma'lumotlarni Paysend orqali yuklash xavfsizmi?
Paysend sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz va o'tkazmalaringiz xavfsizligini ta'minlashga sodiqdir. Biz turli yurisdiktsiyalarda ruxsat etilgan va tartibga solinadigan tashkilotmiz:
- Yevropa Iqtisodiy Hududida (YIH) Irlandiya Markaziy banki tomonidan, kompaniya ro'yxat raqami C443739
- Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda (Kanada, AQSh va YIH davlatlaridan tashqari) Buyuk Britaniyaning Moliya bo'yicha nazorat organi (Financial Conduct Authority) tomonidan, litsenziya raqami: 900004
- Kanadada Kanadaning Moliya operatsiyalari va hisobotlarini tahlil qilish markazi (The Financial Transactions and Reports Analysis Centre of Canada) tomonidan, ro'yxatdan o'tish raqami M19598578.
Bundan tashqari, Paysend VISA va Mastercard PCI DSS (to‘lov kartalari sanoatining ma’lumotlar xavfsizligi standarti) tomonidan sertifikatlangan.
Paysend o'z faoliyatini 2021-yilgi Buyuk Britaniya Ma'lumotlarni Himoya Qonuni (UK GDPR), Yevropa Ittifoqining Umumiy Ma'lumotlarni Himoya Reglamenti (EU GDPR), Irlandiyaning 1988 va 2003-yillardagi Ma’lumotlarni Himoya Qonunlari va 2018-yilgi Ma'lumotlarni Himoya Qonuni talablariga rioya qilgan holda yuritadi. Shu bois, Paysend orqali so'ralgan hujjatlar yoki ma'lumotlarni yuklash butunlay xavfsizdir.
Agar sizdan verifikatsiya uchun qo'shimcha ma'lumot so'ralgan bo'lsa, eng xavfsiz usul — bu Paysend ilovasidagi avtomatik tekshiruvdan foydalanishdir. Biroq biz bilan onlayn chat orqali yoki [email protected] manziliga yozib bog'lanish ham mutlaqo xavfsizdir.