Qanday qilib pul so'rovini yuborishim mumkin?
Siz pul so'rashni bizning veb-saytimiz www.paysend.com va Paysend ilovasi orqali amalga oshirishingiz mumkin. Agar siz veb-saytdan foydalansangiz, iltimos, akkauntingizga kiring, "So'rovlar" bo'limiga o'ting va "Yangi so'rov" tugmasini bosing.
Agar siz ilova orqali pul so'rashni xohlasangiz, akkauntingizga ilova orqaki kiring, "O'tkazmalar" bo'limiga o'ting va "So'rov" tugmasini bosing.
Siz yuboruvchining telefon raqamini kiritishingiz yoki kontaktlar ro'yxatingizdan yuboruvchini tanlashingiz, summa kiritishingiz, kartangiz ma'lumotlarini kiritishingiz yoki bog'langan kartalardan birini tanlashingiz va "Davom etish" tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi.
O'tkazma so'rovining qabul qiluvchisi so'rovni qabul qilish va o'tkazmani tugatish uchun SMS xabarnomasi orqali havola oladi. Ular so'rovni 30 kun ichida qabul qilishlari kerak, aks holda uning yaroqlik muddati o'tadi.
Siz so'rovingizning holatini akkauntingizda kuzatishingiz mumkin.