Paysend orqali birinchi pul oʻtkazmangiz siz oʻylagandan osonroq boʻlishining 5 sababi

Birinchi xalqaro pul oʻtkazmasini amalga oshirish biroz xavotirli tuyulishi mumkin. Xavfsizlik, qoʻshimcha toʻlovlar va jarayon qanday ishlashiga oid savollar sizda ikkilanishga olib kelishi mumkin. Ammo Paysend bilan chet elga pul joʻnatish tez, hamyonbop va oson. Yaqinlaringizni qoʻllab-quvvatlash, ta'limi uchun toʻlash yoki sovgʻalar yuborishingizdan qat'iy nazar, Paysend birinchi marta foydalanayotganlar uchun ham jarayonni soddalashtirdi. Shuning uchun birinchi oʻtkazmangiz siz oʻylagandan ham osonroq.
1. Paysend ishonch va xavfsizlikka asoslanadi
Xalqaro miqyosda pul joʻnatishda ishonch asosiy xususiyat hisoblanadi. Paysendda oʻtkazmalaringiz va shaxsiy ma'lumotlaringizni xavfsiz saqlash uchun ilgʻor shifrlash texnologiyasidan foydalanamiz. Bizning platformamiz global miqyosda 10 milliondan ortiq mijozlar ishonadigan platforma ekanligidan faxrlanamiz va u quyidagi kabi ajoyib sharhlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi:
- ⭐ Trustpilot’da 4,2 yulduz
- ⭐ Google Play’da 4,7 yulduz
- ⭐ App Store’da 4,8 yulduz
- ⭐ Huawei’da 4,8 ta yulduz
bilan, Paysendda oʻzingizni ishonchli qoʻllarda xis qilasiz. Paysend xavfsizligi borasida bu yerda batafsil oʻqishingiz mumkin.
2. Birinchi pul oʻtkazmangizni yuborish tez va oson
Paysend sodda boʻlishi maqsad qilingan holda ishlab chiqilgan, shuning uchun siz ilgari hech qachon xalqaro pul oʻtkazmasini yubormagan boʻlsangiz ham, jarayon tez va muammosiz.
Birinchi oʻtkazmani qanday amalga oshirish kerak:
- Hisobingizga kiring. Hali safimizga qoʻshilmaganmisiz? Paysend hisobini yarating - bu bir necha daqiqa vaqt oladi xolos.
- Qabul qiluvchi mamlakatni tanlang - Paysend yordamida 170 dan ortiq mamlakatlarga yuborishingiz mumkin
- Pul oʻtkazish usulini tanlang: ularning bank hisobi, kartasi yoki raqamli hamyoni yoki muayyan qabul qiluvchi mamlakatda mavjud boʻlgan boshqa imkoniyat.
- Miqdorni tanlang: joʻnatmoqchi boʻlgan mablagʻingizni kiriting va Paysend oluvchi oladigan aniq miqdorni sizga koʻrsatadi.
- Toʻlov usulini qoʻshing: Pul oʻtkazmasini qanday moliyalashtirishni tanlang: debet karta, kredit karta, bank hisobi, Apple Pay yoki Google Pay.
- Tasdiqlang va yuboring: Tafsilotlarni ikki marta tekshiring, tasdiqlang va oʻtkazmangiz tayyor!
Siz har doim ilovaga qaytishingiz va yana bir xil miqdorni yuborishni xohlash yoki summani oʻzgartirishingizdan qat'iy nazar, oʻtkazmangizni hech qanday qiyinchiliksiz takrorlashingiz mumkin. Bu tez va oson.
3. Shaffof va past toʻlovlar
Paysendda biz toʻlovlarni oddiy va hamyonbop saqlashga ishonamiz. Faqat £1, €1,50 yoki $1,99* (yoki ekvivalent valyuta) evaziga siz dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlariga pul oʻtkazishingiz mumkin. Va agar siz bank hisobiga yuborayotgan boʻlsangiz, bu koʻpincha bepul! Xavotir olmang – yuborishdan oldin har doim toʻlovni koʻrasiz.
Raqobatbardosh ayirboshlash kurslari bilan birgalikda, Paysend pulingizning kerakli joyga koʻproq miqdorda borishini ta'minlaydi. Yashirin toʻlovlar, kutilmagan hodisalar mavjud emas – xalqaro pul oʻtkazmalarini boshqarishning ishonchli usuli.
*Moliyalash tanlovingizga qarab qoʻshimcha toʻlovlar olinishi mumkin, lekin siz oʻtkazmani tasdiqlash va yuborishdan oldin, ushbu toʻlovni har doim oldindan koʻrasiz.
4. Istalgan joydan pul joʻnatish va qabul qilish
Paysend sizga qayerda boʻlishingizdan qat'iy nazar, 24/7 pul oʻtkazish erkinligini beradi – sizga Wi-Fi ulanishi kifoya qiladi. Sayohatda boʻlasizmi, chet elda yashayapsizmi yoki chet elda boʻlib turibsizmi, telefoningizdan bir necha nuqtani bosish orqali pul yuborishingiz yoki qabul qilishingiz mumkin. Bank yoki naqd pul olish shaxobchasiga tashrif buyurishning hojati yoʻq – Paysend bilan butun jarayon ilova ichida amalga oshiriladi, bu esa uni dunyoning istalgan nuqtasida tez, oson va qulay qiladi.
Bundan-da yaxshiroqmi? Pul yuborganingizda, oluvchida Paysend hisobi boʻlishi kerak emas. Va agar siz pul soʻrasangiz, sizga faqat yuboruvchining mobil raqami kerak boʻladi. Oddiy.
5. Paysend sizni har qadamda qo‘llab-quvvatlashga tayyor!
Ilk savollarga javob ebrishdan boshlab, mablagʻingiz xavfsiz yuborilishigacha boʻlgan jarayonni ta'minlashni, Paysend oʻz oldiga maqsad qilgan. Mijozlarni 7/24 kun davomida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoamiz yordam berishga tayyor va bizning aniq tez-tez soʻraladigan savollarimiz sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi.
Paysend’ning intuitiv ilovasi va veb-sayti jarayonning har bir bosqichida sizga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishga moʻljallangan boʻlib, xorijga osonlik bilan pul joʻnatish imkonini beradi.
Birinchi oʻtkazmangizni amalga oshirishga tayyormisiz?
Agar siz xorijga qanday qilib pul joʻnatish yoki valyuta kurslarini qanday hisoblash haqida qiziqayotgan boʻlsangiz, Paysend buni soddalashtiradi. Bizning past qoʻshimcha toʻlovlarimiz, raqobatbardosh tariflarimiz va foydalanuvchilar uchun qulay platformamiz xalqaro pul oʻtkazmalarini boshqarishni misli koʻrilmagan darajada osonlashtiradi. Paysend hisobingizni yaratishda yana yordam kerakmi? Bu - hisobingizni sozlashga oid foydali qoʻllanma.
Bugunoq boshlang va nima uchun millionlab foydalanuvchilar Paysend orqali sarhadlararo aloqada boʻlishlariga ishonishlarini bilib oling.
Eng soʻnggi xabarlar

At Paysend, we’re dedicated to making international transfers easy, secure, and low-cost. We're always working to bring you better FX rates so you get more with every transfer. And now, sending money to Brazil just got even better! We’re excited to introduce improved exchange rates for transfers in USD, helping you save more when you send! And for anyone reading outside of the US, we have also secured lower FX rates for those sending from both GBP and EUR currencies!

At Paysend, we’re committed to making international money transfers fast, secure and low-cost – and now, sending money to Brazil just got even better. We’ve introduced improved FX rates for transfers in GBP and EUR, helping you get more Brazilian reais (BRL) every time you send. Whether you're supporting family or just keeping in touch across borders, it's now even more affordable to transfer money to Brazil from Portugal, the UK or anywhere in Europe.
Not only that, you can now send to Brazil via Pix and all major banks, increasing your sending options, and helping your recipients receive their transfers in a way that’s convenient to them.