Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin?

2024-07-26

Bugungi kunda firibgarlik turli shakllarda uchrashi mumkin: fishing (soxta xatlar), yolg'on qo'ng'iroqlar, ijtimoiy tarmoqlardagi aldovlar va hokazo. Har bir inson potentsial qurbon bo'lishi mumkin, shuning uchun ayniqsa uchinchi shaxslarga pul o'tkazmalari bilan bog'liq holatlarda hushyor va ehtiyotkor bo'lish juda muhim.

O'zingizni himoya qilish uchun nimalarga e'tibor berish kerak:

  • Hatto sizdan tezda ma'lumot taqdim etish yoki havolaga o'tish so'ralgan taqdirda ham, hech qanday qarorni shoshilinch qabul qilmang.
  • Shubhali xat yoki xabarni do'stlaringiz yoki oila a'zolaringizga ko'rsatib, maslahat oling.
  • Pulni faqat ishonchli, tanish odamlarga yoki tashkilotlarga yuboring.
  • Xabar matni va yuboruvchining elektron pochta manzilini diqqat bilan tekshirib chiqing: noto'g'ri yozilgan so'zlar yoki nomuvofiqliklar (masalan, [email protected]* — bu firibgarlik).
  • Havolalarni ochishdan saqlaning — avval yuboruvchining rasmiy veb-sayti yoki tasdiqlangan telefon raqami orqali bog'lanib, haqiqatligini aniqlang.
  • Uzoqdan qurilmangizga ulanishga ruxsat bermang va muammoni "hal qilish" uchun maxsus dasturlarni yuklab olmang.
  • Bank yoki karta ma'lumotlaringizni noma'lum, ishonchsiz saytga kiritmang.
  • Agar siz bilan aloqada rasmiy vakil ekaniga to'liq ishonchingiz bo'lmasa, elektron pochta orqali maxfiy ma'lumotlarni yubormang.

Paysend bilan bog'lanishning xavfsiz usullari:

✉️ Elektron pochta: [email protected]
💬 Onlayn chat: Har qanday Yordam Markazi maqolasini o'qiyotganda "Chatda yordam oling" tugmasini bosing.

Agar siz firibgarlik qurboniga aylangan bo'lsangiz:

  • Firibgar bilan barcha aloqani darhol to'xtating.
  • Tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga hodisa haqida xabar bering.
  • Agar kartangiz xavf ostiga tushgan bo'lsa, bankingizga yoki moliyaviy tashkilotingizga murojaat qiling.
  • Bizning mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatimizga chat yoki elektron po'chta orqali murojaat qiling.

*Bizning tasdiqlangan elektron pochta manzillarimiz ro'yxati:

[email protected]
[email protected]
[email protected]
[email protected]
[email protected]
[email protected]
[email protected]