Doʻstlaringizni taklif qiling va ularning har biri uchun £12, 18€ yoki $24 miqdorgacha bonusga ega boʻling
Doʻstlaringizni taklif qiling
1. Paysend Bonus sahifasida profilingizda mavjud taklif kodini toping.
2. Kodni doʻstlaringiz bilan boʻlishing.
3. Doʻstlaringiz taklif kodingizdan foydalanib, birinchi oʻtkazmalarini amalga oshirishlari kerak.
Siz xohlaganingizcha doʻstlar taklif qilishingiz mumkin.
Bonuslar qoʻlga kiriting
Doʻstlaringiz amalga oshirgan 12 ta muvaffaqiyatli oʻtkazma (ikkinchisidan boshlab) uchun bonuslarga ega boʻling. Ushbu 12 ta oʻtkazma birinchi 12 oy ichida istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Doʻstingiz oʻtkazmalari soni va manzilidan va oʻtkazmalar mamlakat ichida yoki xalqaro boʻlishidan qatʼiy nazar, siz har bir oʻtkazma uchun £1, 1.50€ yoki $2 bonus olasiz (yoki Paysend roʻyxatdan oʻtgan mamlakatingizdagi valyutada).
Paysend Bonus balansingiz bonuslar bilan toʻldiriladi. 1 bonus = 1 £, 1 €, 1 $ (yoki unga oʻxshash miqdor Paysend roʻyxatdan oʻtgan mamlakatingiz valyutasida). Shubhaga yoʻl qoʻymaslik uchun, faqat Paysendga xizmat haqi toʻlovi bilan boshqa jismoniy shaxslarning bank kartalariga yuborilgan pul oʻtkazmalari bonus olish huquqini beradi.
Doʻstlaringizga foyda keltiring
Pul oʻtkazmasini amalga oshirishda taklif kodingizdan foydalanadigan doʻstlaringizning har biri qoʻshimcha toʻlovdan ozod qilinadi (birinchi muvaffaqiyatli oʻtkazmalari uchun).
Doʻstlaringizning har biri qulay kurs boʻyicha tezkor oʻtkazmalardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Sizning har bir doʻstingiz oʻz doʻstlarini ham taklif qilish va Paysend bonuslarini olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Bonuslarimni qanday sarflasam boʻladi?
Bonuslarni, qaysi davlatda roʻyxatdan oʻtganligingizga koʻra, hech qanday komissiyasiz bank kartasiga funt, evro, dollar yoki boshqa valyutada oʻtkazishingiz mumkin. Minimal oʻtkazma summasi 5 £, 5 € yoki 5 $.
Bonus mablagʻlarini olish uchun quyidagi amallarni bajaring:
1. Profilingizga oʻting.
2. “Paysend Bonus”ni tanlang.
3. “Paysend bonuslarini yechib olish” tugmasini bosing va koʻrsatmalarga amal qiling.
4. Hisobingizdagi balansda bonus mablag‘lari mavjud bo‘lgandagina, profilingizda “bonusni yechib olish” tugmasi paydo bo‘ladi.
Ayni damda, Paysend Bonus sodiqlik dasturida Moldova, Ukraina, Belarus, Xitoy, Armaniston, Nigeriya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Vetnam, Tailand, Singapur, Hindiston, Filippin va Malayziyadagi mijozlardan tashqari barcha Paysend mijozlari ishtirok etishlari mumkin.