Paysend boʻyicha asosiy yoʻriqnomangiz: toʻlovlar, bonuslar va tez-tez soʻraladigan savollar
Paysend tajribangizni imkon qadar silliq va sodda boʻlishini xohlaydi. Har qanday savollarga javob berish yoki noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida, biz xizmatlarimiz, toʻlovlarimiz va xavfsizligimiz haqida eng koʻp uchraydigan savollarni toʻpladik. Paysendga yangi yoki professional boʻlishingizdan qat'iy nazar, ushbu tez-tez soʻraladigan savollar sizga pul oʻtkazmalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi.
Narxlar va ayirboshlash kurslari: qaysi ayni muddao?
Paysend orqali xalqaro miqyosda pul joʻnatganingizda, bizning to‘lovlarimiz oddiy va oldindan koʻrinishini bilishdan tabiiyki, xursand boʻlasiz. Quyida qisqacha ma'lumot:
- Biz har bir oʻtkazma uchun oldindan belgilangan toʻlovni olamiz. Bu “tasdiqlash va jo‘natish” tugmasini bosishdan oldin, xarajatlarni bilib olishni osonlashtiradi. Diqqat qiling, ba'zi tranzit davlatlar va ayrim mamlakatlarda, joʻnatishingiz miqdoriga qarab, oʻzgaruvchan toʻlov miqdori mavjud.
- Paysend qoʻshimcha toʻlov miqdorini past ushlab turadi – koʻpincha har bir oʻtkazma uchun 1,99 $ yoki 1 £ ni tashkil qiladi, lekin bu, pul oʻtkazish usuli (masalan, bank hisobi yoki karta oʻtkazmasi) va yuborish manzilga bogʻliq.
- Valyuta kursi qabul qiluvchingiz siz yuborgan miqdor uchun qancha xorijiy valyuta olishini belgilaydi. Misol uchun, agar siz AQSH dollarini EUR koʻrinishida yuborayotgan boʻlsangiz, almashuv kursi qabul qiluvchi har bir dollar uchun qancha yevro olishini koʻrsatadi.
- Paysend orqali mavlagʻ yuborishda, valyuta kursi bloklanadi, shuning uchun kutilmagan hodisalar sodir boʻlmaydi. Qabul qiluvchiga siz koʻrgan miqdor yetkaziladi!
Yashirin qoʻshimcha toʻlovlar mavjud emas – oʻtkazishni tasdiqlashdan oldin bilishingiz kerak boʻlgan barcha ma'lumotlar ilovada koʻrsatiladi.
Bizdagi toʻlovlar va valyuta kurslarimiz haqida koʻproq bilishni istaysizmi? Valyuta kurslariga oid sahifamizga qarang.
Birinchi oʻtkazmani qanday amalga oshirish kerak?
Agar siz Paysend tarmogʻida yangi boʻlsangiz, birinchi pul oʻtkazmangizni yuborish osongina:
- Hisob oching: mobil raqamingiz va elektron pochtangiz orqali roʻyxatdan oʻting.
- Qabul qiluvchi mamlakatni tanlang: 170 dan ortiq mamlakatlarga pul yuborishingiz mumkin!
- Pul oʻtkazish usulini tanlang: mamlakatdan kelib chiqib, siz bank hisobiga, kartaga, mobil hamyonga yoki naqd pul yuborishingiz mumkin.
- Qabul qiluvchi ma'lumotlarini kiriting: maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qiling.
- Oʻtkazma uchun toʻlov usulini tanlang: qaysi davlatdan yuborishingizga qarab, bank hisobi yoki kartani tanlang.
- O‘tkazmani tasdiqlang: hammasini ikki marta tekshiring, so‘ng “Tasdiqlash va yuborish” tugmasini bosing.
Pul oʻtkazmasini qanday amalga oshirish mumkin
Paysend xavfsizmi va pul oʻtkazuvchi kompaniyalar xavfsizmi?
Shubhasiz! Biz xavfsizlikka jiddiy qaraymiz. Pul o'tkazuvchi kompaniyalar xavfsizmi? Paysend bilan, ular shubhasiz ha. Sizni qanday himoya qilishimizga qarang:
- "PCI DSS" muvofiqligi: Biz toʻlov kartasi maʼlumotlarini qayta ishlash va himoya qilish borasida global standartlarga javob beramiz.
- Ikki faktorli kirish (2FA): Hisobingizni xavfsiz saqlash uchun qoʻshimcha xavfsizlik qatlamini qoʻshadi.
- Firibgarlikning oldini olish choralari: Pulingiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida, har bir oʻtkazmani kuzatib boramiz.
Paysend sizga kerakli himoyani taklif qiladi. Sizni qanday himoya qilishimiz haqida koʻproq bilishni xohlaysizmi? Barcha xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan blogimizga boqing.
Paysend hisobidagi qoldiqni qanday tekshirish mumkin
Paysend ilovasida balansingizni tekshirish oson va tez:
- Tizimga kiring: Ilovani oching yoki veb-sayt orqali tizimga kiring.
- “Hisoblar” boʻlimiga oʻting: Bu yerda hisobingizga bogʻlangan barcha valyutalarda mavjud qoldiqlaringizni koʻra olasiz.
- Oxirgi oʻtkazmalaringizni koʻrib chiqing: oʻtkazmalar tarixini koʻring va oʻtkazilgan oʻtkazmalar tafsilotlarini tekshiring.
Bayonotga hojatingiz bormi? Uni toʻgʻridan-toʻgʻri ilovadan “Hisob faoliyati” sahifasi ichidagi “Bayonot olish” boʻlimiga oʻtib, yuklab olishingiz mumkin.
Paysend balansini qanday toʻldirish mumkin
Paysend balansiga pul qoʻshish juda oson:
- “Hisoblar” boʻlimiga kiring.
- Valyutani tanlang.
- “Pul qoʻshish” tugmasini bosing va koʻrsatmalarga amal qiling.
Toʻlovni debet/kredit kartalari, "Apple Pay", "Google Pay" yoki ba'zi hududlarda, "Trustly" yoki boshqa mahalliy usullar orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Paysend bonus dasturi va taklif bonuslari: Ular qanday ishlaydi?
Mukofot olishni xohlaysizmi? Paysend bonus va taklif dasturlari qoʻyidagicha ishlaydi:
"Bonus dasturi" orqali taklif qiling:
- Doʻstlaringizni Paysendga qoʻshilishga taklif qiling, bunda: "Taklif kodi" yoki "havola"ni ulashing.
- Bonuslarni qoʻlga kiriting: Doʻstingiz har pul o'tkazmasini amalga oshirganda, siz mukofot olasiz! Birinchi yilda doʻstlaringiz tomonidan amalga oshirilgan 12 tagacha oʻtkazma uchun siz 1£, 1,50€ yoki 2$ (mintaqaga qarab) ishlab olishingiz mumkin.
- Bonuslaringizdan foydalaning: Bonuslar toʻgʻridan-toʻgʻri Paysend hisobingizga tushadi va kelajakdagi pul oʻtkazmalarngiz uchun ishlatilishi mumkin.
"Promo-kod"lardan foydalanish:
- Shuningdek, siz "promo-kod"lar yordamida bepul pul oʻtkazmalari, yaxshi valyuta kurslari yoki qoʻshimcha bonuslardan bahramand boʻlishingiz mumkin. Oʻtkazish jarayonida kodni kiriting va imtiyozlardan bahramand boʻling! Batafsil ma'lumot uchun, "Taklif va promo kodlar" sahifamizga qarang.
Fikr-mulohaza qoldirishni istaysizmi?
Biz sizdan xabar olishdan mamnun boʻlamiz! Iltimos, quyidagi platformalardan birortasi haqida bizga sharh qoldiring:
Fikringiz Paysendni yanada yaxshilashimizga yordam beradi!
Paysend qoʻllab-quvvatlash jamoasi bilan qanday bogʻlanishim mumkin?
Yordam kerakmi? Biz sizni 24/7 soat davomida qoʻllab-quvvatlaymiz. Siz qoʻllab-quvvatlash jamoamiz bilan quyidagi orqali bogʻlanishingiz mumkin:
- Onlayn chat: ilova yoki veb-saytdagi hisobingiz orqali foydalanish mumkin.
- Email: [email protected] manziliga xabar yuboring, biz sizga imkon qadar tez javob beramiz.
Batafsil ma'lumot olishni xohlaysizmi?
Agar boshqa savollaringiz boʻlsa, bizning keng qamrovli tez-tez soʻraladigan savollar sahifamizga tashrif buyuring, bu yerda biz hisobingizni boshqarishdan tortib, Paysend bonusingizni yechib olishgacha boʻlgan barcha ma'lumotlarni qamrab olamiz.
Yuborishni boshlashga tayyormisiz?
Paysend ilovasini “App Store” (iOS), “Google Play ”(Android) yoki, “App Gallery” (Huawei) dan yuklab oling. Veb-brauzerda oʻqiyapsizmi? Boshlash uchun bosh sahifamizga tashrif buyuring!
Eng soʻnggi xabarlar
Sending money to friends, family or business partners abroad should be quick, easy and affordable, right? But with traditional options - like trips to the bank, postal services or even outdated apps - it can feel like an uphill battle with high fees, delays and endless forms.
You’re probably wondering what the best app to transfer money internationally is. Well, that's where Paysend comes in. We’re here to make international money transfers fast, secure and easy.
As the Year of the Snake approaches, it’s time to celebrate Chinese New Year - a time for joy, family reunions and cherished traditions. For many, the Lunar New Year is also an opportunity to show love and support to family and friends, no matter where they are in the world. And Paysend is here to make it easier to stay connected by providing fast, secure and easy ways to send money to China.